«Bayer» grandlar e'tiboridagi futbolchisiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Leverkuzenning «Bayer» klubi yarim himoyachisi Mussa Diabiga da'vogar klublardan kamida 75 million evro talab qilmoqda. «Bayer» futbolchisiga qiziqish bildirayotgan klublar orasida «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Roma» va «Nyukasl» bor. Bu haqda Get German Football News nashri xabar bermoqda.
Mussa Diabining «Bayer» bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Shuning uchun klub o'z futbolchisiga transfer narxini yuqori baholadi.
Frantsiyalik yarim himoyachi «Bayer»da o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda. U Bundesliganing 30 ta uchrashuvida 12 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
168