«Manchester Yunayted» futbolchisiga Ispaniyaning 3 klubi da'vogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Ispaniyaning «Real Sosedad», «Real Betis» va «Valensiya» klublari «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi yozda yakuniga etadigan yarim himoyachisi Xuan Mataga da'vogarlik qilmoqda.
Mata «Yunayted»ga 2014 yilning qishida «Chelsi»dan 40 million evro evaziga o'tgan edi. Biroq ispan yarim himoyachisi hech qachon Manchester klubining asosiy o'yinchisi bo'lmagan.
Katta ehtimol bilan 2 may, dushanba kuni Mata «Manchester Yunayted» tarkibida «Old Trafford»dagi xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdi. Fichajes nashrining xabar berishicha, futbolchi faoliyatini Ispaniyada davom ettirish niyatida.
Mata joriy mavsumda Premer-ligada atigi beshta o'yinda maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
163