Arteta bu transferni talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines hamon «Arsenal» qiziqishlari doirasida. Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchini sotib olishni talab qilmoqda, deb yozmoqda The Times.
Inglizlar Argentina terma jamoasi hujumchisi uchun 60 million evro taklif qilishga tayyor.
Hujumchi joriy mavsumda 41 o'yinda 17 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
24 yoshli Lautaro Martinesning «Inter» bilan shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
176