«Inter» futbolchisiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

«Inter» himoyachi Stefan de Vreyni 18 million evroga sotishga tayyor. Futbolchiga «Tottenxem», «Aston Villa» va «Nyukasl» klublari qiziqish bildirmoqda.
O'tgan yili futbolchining narxi taxminan 45 million evroni tashkil qilgandi. «Inter» «Torino» himoyachisi Gleyson Bremerga bir necha bor qiziqish bildirgan, shu bois de Vrey yozgi transfer oynasida klubni tark etishi kutilmoqda. Futbolchining shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. Shundan so'ng u erkin agent sifatida tekinga ketishi mumkin.
De Vrey joriy mavsum A seriyaning 27 ta o'yinida maydonga tushgan.

Bosh sahifaga
173