«Borussiya D» Xoland o'rniga «Real» forvardini xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland Tumanli Albionga ketishga yaqin turibdi. Manbaga ko'ra, norvegiyalik futbolchi «Manchester Siti»ga o'tadi. Shu sabab «asalarilar» Erlingga o'rinbosar qidirishni boshlab yubordi.
Sport1.de nashriga ma'lum bo'lishicha, Bundesligada o'ynash tajribasiga ega bo'lgan «Real» hujumchisi Luka Yovich «Borussiya»ning qiziqishlar doirasiga tushib qolgan. Futbolchi oldinroq Frankfurtning «Ayntraxt» klubida o'ynagan va u erdagi yaxshi o'yinlari sabab Madrid grandi safiga o'tgandi.
Manbaning ta'kidlashicha, serb doimiy o'yin amaliyoti uchun «Borussiya»ga o'tishga qarshi emas. Ma'lumot o'rnida, joriy mavsumda Yovich madridliklar safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
168