"Yuventus" "Chelsi" futbolchisi bilan muzokara boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Turinning "Yuventus" klubi kelasi yozda "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinoni sotib olishga jiddiy harakat qilmoqda.
Jurnalist Nikolo Skira o'zining tvitter sahifasida xabar berishicha, «keksa sinora» 30 yoshli italiyalikning agenti Joau Santos bilan muzokaralarni boshlagan. Futbolchi yangi klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolamoqchi.
Jorjinoning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. OAV xabariga ko'ra, yarim himoyachi Italiya chempionatiga qaytishni istayotganini aytgan.
Ma'lumot o'rnida, 2021/22 yilgi mavsumda Jorjino londonliklar safida barcha turnirlar doirasida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
173