«Napoli» futbolchisi Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2969

“Napoli” yarim himoyachisi Amadu Diavara Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.
Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, “Tottenxem”21 yoshli futbolchining transferi borasida “Napoli” bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Neapoliklar 2016 yil Diavarani 14,5 mln evro evaziga sotib olgan edi va u Jorjino o'rniga o'rinbosar sifatida qaralgan edi. Biroq, joriy mavsum u “A” Seriyada 13 ta o'yinda maydonga tushdi.
Diavara o'yin amaliyotiga kam ega bo'layotgani tufayli, yozda o'z jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.

Bosh sahifaga
201