«Yuventus» di Mariyaga necha yillik shartnoma taklif qilgani ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

«Yuventus» «PSJ» yarim himoyachisi Anxel di Mariyani o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur o'zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasi orqali.
Manbaga ko'ra, Turin klubi rahbariyati 34 yoshli argentinalik futbolchiga 1+1 ko'rinishidagi shartnoma taklif qilmoqda, biroq futbolchining o'zi uch yillik shartnoma imzolash niyatida.
Eslatib o'tamiz, vingerning parijliklar bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi va mavsum oxirida u erkin agentga aylanadi.
Joriy mavsumda Di Mariya Frantsiya jamoasi safida 27 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Argentinalik futbolchi 2015 yildan buyon «PSJ»da o'ynab kelmoqda. U avvalroq «Benfika», «Manchester Yunayted» va «Real»da o'ynagan.

Bosh sahifaga
223