Fabritsio Romano "Tottenxem"ning nishonini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Italiyalik insayder jurnalist Fabritsio Romano "Inter" hujumchisi Lautaro Martines haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"APL doirasida unga "Tottenxem" kuchli qiziqish bilan qaramoqda. Chunki u erda Antonio Konte bor va u Martinesni nimalarga qodir ekanini yaxshi biladi. Shuningdek, "Atletiko" ham uni nishonga olgani haqida aytishim mumkin. Chunki Lautaro "Inter"ga kelishidan oldin, aynan "Atletiko" uni sotib olish uchun asosiy da'vogar sifatida e'tirof etilgan edi. Bugungi kunga qadar hech bir klub "Inter"ga taklif bilan chiqqanicha yo'q. Shu sabab hamma narsa o'z joyida turibdi".
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
232