Super transfer! Jahon chempioni «Bavariya»ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7595
Frantsiya terma jamaosi safida jahon chempioni bo'lgan “Shtutgart” himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi, deb yozadi ESPN.
22 yoshli futbolchi mavsum yakunida Myunxen klubiga o'tishga rozilik berdi. “Bavariya” Pavar uchun “Shtutgart”ga 35 mln evro to'lashi kutilmoqda.
Ammo Myunxen klubi futbolchini mavsum oxirigacha kutib o'tirmoqchi emas, balki uni yanvardayoq o'z safiga qo'shib olmoqchi.