Ikki murabbiy joy almashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

"PSJ" bosh murabbiyi ishdan olinadi. Xabarlarga ko'ra, parijliklar rahbariyati Pochettinoga yozda chiqish eshiklarini ko'rsatadi.
Argentinalikning keyingi manzili esa APL bo'ladi. Ta'kidlanishicha, "Tottenxem" sobiq murabbiyini yana safga chorlamoqda. Ayni damdagi "shporlar" ustozi Antonio Konte esa "PSJ"ga yo'l oladi.
Shunday qilib, murabbiylar almashinishi mumkin. Konte allaqachon "PSJ" bilan ikki yillik bitim tuzishga rozilik bergan. Bu uchun "Tottenxem" EChLda ishtirok etmasligi kerak.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
227