"Chelsi" futbolchisi Antonio Ryudigerning keyingi manzili aniq bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi a'zosi Madridning "Real" klubi bilan og'zaki kelishuvga erishgan.
29 yoshli futbolchi tez orada Ispaniya grandi bilan uzoq muddatlik bitimga imzo chekadi. Bu haqida Fabritsio Romano Twitter'dagi sahifasida post qoldirdi.
Avvalroq Tuxel Antonio Ryudiger yozda "Chelsi"ni tark etishi haqida ma'lum qilgan edi.
Manba: caughtoffside.com
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Futbol bo‘yicha ilk jahon chempionati 1930-yilda Urugvayda o‘tkazilgan va unda mezbonlar g'olib bo'lishgan. Shu yili Urugvay mustaqilligining 100 yilligini nishonlagan.