Ryudiger "Real"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Antonio Ryudiger «Real»ga o'tishga yaqin turibdi
Janluka Di Martsioning xabar berishicha, "Qirollik klubi" 29 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Chempionlar ligasi doirasida «Santyago Bernabeu»da «Chelsi» jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng, rahbariyat nemis futbolchisini qo'lga kiritish zarurligiga ishonch hosil qildi va "Real" vakillari transfer muzokaralarini qayta boshlashdi.
Qayd etilishicha, Madridning «Real» klubi himoyachi bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda. Bitim yaqin orada yakunlanishi mumkin.
Oldinroq Madridning «Real» klubi Ryudigerga futbolchi uchun qolgan da'vogarlar bilan solishtirganda eng past maoshni taklif qilayotgani xabar qilingandi.

Bosh sahifaga
123