«Real» etakchisi bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Madridning «Real» jamoasi vinger Vinisius Junior bilan shartnomasini uzaytiradi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, «qaymoqranglilar» yosh futbolchiga 2027 yilgacha shartnoma taklif qilmoqchi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Vinisius «Real»ga 2018 yilda «Flamengo»dan 45 million evro evaziga o'tgan edi. 21 yoshli braziliyalik futbolchi transfermarkt tomonidan 100 million evroga baholangan.
Hujumchi joriy mavsum «Real» safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
184