«Atletiko» Frantsiya terma jamoasi a'zosini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Madridning «Atletiko» klubi rahbarlari yozda frantsiyalik himoyachi Vilyam Salibani sotib olmoqchi.
L'Equipe nashri xabariga ko'ra, «matraschilar» bu mavsumda ijara asosida «Marsel»da o'ynayotgan «Arsenal»ning 21 yoshli frantsiyalik futbolchisi Salibani o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi. Saliba London klubi tarbiyalanuvchisi, ammo u «kanonirlar»ning asosiy jamoasida birorta ham o'yin o'tkazmagan.
Joriy mavsumda Vilyam Saliba «Marsel» bilan Frantsiya chempionatida 31 ta o'yin o'tkazdi.

Bosh sahifaga
144