"Yuventus" yangi yarim himoyachi qidirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

La Gazetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "Yuventus" yozda yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi. Manbaga ko'ra, "keksa sinora" kimlarni sotib olishi borasida ham bir qarorga kelgan.
Turin klubi "short listi"ga Jorgino ("Chelsi"), Pol Pogba ("Manchester Yunayted"), Renatu Sanchesh ("Lill") va Sergey Milinkovich-Savich ("Latsio") kabi futbolchilar kiritilgan.
"Byankonerilar"ning asosiy maqsadi Jorjino bo'lib, uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. 30 yoshli yarim himoyachi mavsum yakunida London klubini tark etishi ehtimoli bor. Shu sabab Turin klubi asosiy e'tiborni londonliklar futbolchisiga qaratadi.

Bosh sahifaga
217