Jorjino "Yuventus"ga maosh borasidagi talablarini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino "Yuventus" rahbariyatiga maoshi borasidagi talablarini ma'lum qildi. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, sobiq "Napoli" yulduzi mavsum uchun 7 million evro olmoqchi.
Futbolchining "Chelsi" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi va "ko'klar" ayni damda Britaniya hukumati Roman Abramovichga nisbatan qo'ygan sanktsiyalari tufayli yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmayapti.
Nashrning qo'shimcha qilishicha, futbolchining vakili va "Yuventus" o'rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan.
Turin klubi rahbarlari hozircha futbolchining moliyaviy so'rovlariga izoh berishmagan.

Bosh sahifaga
238