"Real" kutilmagan transfer ostonasida turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153
Madridning “Real” klubi “Vilyarreal” himoyachisi Xuan Foytga qiziqish bildirmoqda.
Ispaniyaning Fichajes nashri xabariga ko'ra, Xuan Foytga yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin. Shu sabab "Real" imkonni qo'ldan boy bermoqchi emas. "Vilyarreal" argentinalik himoyachini 20 million evroga baholamoqda.
Foyt avvaliga "Tottenxem"dan ijara asosida "Vilyarreal"ga o'tdi, keyin esa ispan klubi futbolchini to'liq sotib oldi. Argentinalik himoyachi 2021/22 yilgi mavsumni ajoyib o'tkazdi va o'zini La Ligadagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachilaridan biri sifatida ko'rsatdi.

Bosh sahifaga
214