"Bavariya" Levandovskining o'rniga hujumchi qidirishni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Myunxenning "Bavariya" klubi Robert Levandovskining o'rniga potentsial o'rinbosar qidirmoqda.
Myunxen klubi rahbariyati polshalik hujumchi «Barselona»ga ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, hech bo'lmaganda futbolchini keyingi yozgacha o'z tarkibida saqlab qolishga harakat qilishini bildirdi.
Sport1 xabariga ko'ra, "Bavariya" kelajakda Levandovski o'rnini kim egallashi mumkinligini aniqlab oldi. “Benfika” hujumchisi Darvin Nunesh ustuvor variant sifatida qaralmoqda, bu transfer uchun "Bavariya" kamida 80 million evro sarflashi talab qilinadi.
Manbaga ko'ra, "Bavariya"ning short-listidan "Bayer" hujumchisi Patrik Shik va "Shtutgart" to'purari Sasha Kalajjichlar joy olgan.

Bosh sahifaga
220