"Arsenal" va "Inter" "PSJ" futbolchisi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

"Arsenal" "Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Leandro Paredesni qo'lga kiritish uchun Italiya chempioni "Inter"ga qarshi kurash olib borishga tayyor, deb xabar beradi Gazzetta dello Sport.
Bu yozda Argentina terma jamoasi futbolchisini parijliklar sotishi mumkin. Chunki u Pochettinoning keyingi mavsum rejalariga kiritilmagan. Futbolchi uchun ikki klub favorit sanaladi: “Arsenal” va “Inter”. Futbolchi oldin "Roma" safida A Seriyada o'ynagan va bu chempionat bilan yaxshi tanish, ammo Premer-liga uning uchun yangi chaqiruvdek ko'rinmoqda.
Transfermarkt portali Leandroni 20 million evroga baholagan.

Bosh sahifaga
219