«Inter» va «Milan» Darvin Nunes uchun kurashdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

Avvalroq Lissabonning «Benfika» Darvin Nunes transferiga qiziqish bildirgan «Inter» va «Milan» urugvaylik futbolchi uchun kechayotgan kurashni tark etishini ma'lum qildi.
ESPN nashri xabariga ko'ra, so'nggi kunlarda futbolchining narxi sezilarli darajada oshdi, moliyaviy ahvoli yomon ekanligi tufayli ular transferni amalaga oshira olmasligini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, Nunes uchun kurash ikki ingliz klubi – «Arsenal» va «Manchester Yunayted» o'rtasida kechadi. Ikkala jamoa ham hujumchini sotib olishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, kecha Darvin Nunes EChL chorak final javob o'yini doirasidagi «Liverpul»ga qarshi bahsda «Benfika»ning gollaridan biriga mualliflik qildi.

Bosh sahifaga
248