Bu futbolchi uchun kurashga «Manchester Siti» ham qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Football Insider nashri xabariga ko'ra, «Manchester Siti» «Monako» yarim himoyachisi Orelen Tchuameni uchun «Liverpul» bilan kurash olib boradi.
Manbaga ko'ra, «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda klubni tark etadigan Fernandinoning o'rniga o'rinbosar izlay boshlagan.
Joriy mavsumda 22 yoshli Tchuameni frantsuz klubi safida barcha turnirlar doirasida 44 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali himoyachini 40 million evroga baholamoqda. Futbolchining «Monako» bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Bosh sahifaga
245