APLning ikki klubi Okamposga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Super Deporte nashrining xabar berishicha, «Vest Xem» va «Vulverxempton» «Sevilya» hujumchisi Lukas Okamposga qiziqish bildirmoqda.
Premer-liganing ikkala klubi 27 yoshli argentinalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ammo muammo shundaki, Lukasni sotib olmoqchi bo'lgan klub andalusiyaliklarga 70 million evro to'lashi kerak.
Qolaversa, «bolg'achilar» va «bo'rilar» agar futbolchi uchun kurashni davom ettirsa, tezda harakat qilishlari kerak, chunki «Sevilya» yangi shartnomaga uning tovon pulini 90 million evroga ko'tarib, yanada qimmatroqqa sotishni mo'ljallamoqda.

Bosh sahifaga
248