«Barselona» va «Atletiko» 100 million evrolik futbolchi uchun kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Madridning «Atletiko» klubi «Betis»ning frantsiyalik yarim himoyachisi Nabil Fekirga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Footmercato.
Manbaning xabariga ko'ra, «matraschilar» yozgi transfer oynasida futbolchi sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi. Oldinroq frantsiyalik futbolchiga «Barselona» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
28 yoshli Fekir joriy mavsumda «Betis» safida barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
248