«Liverpul» 40 million evrolik xaridni amalga oshirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

«Liverpul» «Torino» markaziy himoyachisi Gleyson Bremerni qo'lga kiritish imkoniyati uchun kamida 40 million evro to'lashi kerak.
Calciomercato nashri xabariga ko'ra, «Liverpul» braziliyalik himoyachini sotib olishga harakat qilmoqda. Avvalroq, futbolchini «Inter» va «Milan» klublari ham qiziqish bildirganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda futbolchi A seriyada 29 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Torino» bilan shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
228