Xavi Levandovskiga hammasini ochiq aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Jurnalist Matteo Morettoning ta'kidlashicha, «Barselona» ustozi Xavi «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskiga «Kamp Nou»da qurayotgan loyihasining mohiyatini shaxsan o'zi tushuntirib bergan. Shunday keyin Polsha terma jamoasi etakchisi Kataloniya klubiga o'tishga tayyor ekanligini bildirgan, biroq hozircha kelishuv rasman amalga oshgani yo'q.
Bugun «ko'k-anorranglilar» Robert uchun 35 million evro to'lashga tayyor ekanligi va futbolchi uchun yiliga 40 million evro maosh to'lamoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bu ham hali o'z tasdig'ini topmadi.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsumda Robert Levandovski Germaniya chempionatida 29 ta o'yin o'tkazib, 32 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
200