«Yuventus» London klubi futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

Turinning «Yuventus» jamoasi chap qanoti himoya chizig'ini kuchaytirish ustida ishlamoqda. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «keksa sinora» joriy mavsumda «Lion»da ijara asosida to'p surayotgan «Chelsi» himoyachisi Emerson bilan shartnoma imzolamoqchi.
Qayd etilishicha, kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan braziliyalik Aleks Sandroning o'rniga Emerson «Yuventus» rahbariyatiga ma'qul variant hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, joriy qishda «Chelsi» himoyadagi kadrlar bilan bog'liq muammo tufayli Emersonni «Lion»dan ortga qaytarmoqchi edi, biroq franuz klubi futbolchini 4 million evro tovon puli sabab qaytarishdan bosh tortdi.

Bosh sahifaga
240