«Lester» grandlar e'tiboridagi futbolchisiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Ispaniyaning Fichajes nashri xabariga ko'ra, «Lester» o'z futbolchisi Yuri Tilemansni 30 million evroga sotishga tayyor. Belgiyalik yarim himoyachi jamoasi bilan yangi shartnoma imzolamaganligi sababli yozgi transfer oynasi paytida «tulkilar» safini tark etadi. Hozirda futbolchiga «Real Madrid», «Arsenal», «Tottenxem» va «Liverpul» qiziqish bildirmoqda.
Belgiyalik futbolchi shu kungacha «Lester» tarkibida 147 marta maydonga tushib, 24 gol urgan va 22 golga assistentlik qilgan. Futbolchining shartnomasi keyingi yozda tugaydi.
Malumotlarga ko'ra, Tilemans «Real Madrid»ga o'tmoqchi, ya'ni «Arsenal», «Tottenxem» va «Liverpul» belgiyalik futbolchini Premer-ligada qolishga ko'ndirish qiyin bo'ladi.

Bosh sahifaga
239