«Yuventus» de Ligtning narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

Ispaniyaning Fichajes nashri xabariga ko'ra, «Barselona» yozgi transfer oynasida «Yuventus» himoyachisi Mattias de Ligtni qo'lga kiritish uchun 100 million evro sarflashi kerak.
Markaziy himoya chizig'ini mustahkamlash — «Barselona»ning vazifalaridan biri, chunki Jerar Pike faoliyatining yakunlash arafasida turibdi. Bundan tashqari, Samuel Umtiti va Kleman Lengle «Kamp Nou»ni tark etishi mumkin.
Avvalroq Kataloniya klubi «Chelsi» himoyachisi Andreas Kristensenning transferi borasida deyarli kelishib olgani haqida xabar berilgandi. Biroq, «Barselona» boshqa himoyachini sotib olmoqchi, ammo «Yuventus» so'ragan narx juda katta ekanligi sababli bu xariddan voz kechishi mumkin.

Bosh sahifaga
223