"Yuventus" "Lester" yarim himoyachisi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Turinning «Yuventus» klubiga Angliyaning «Lester» va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yuri Tilemansga qiziqish bildirmoqda.
«Keksa Sinora» skautlari «Lester»ning «Kristal Pelas» jamoasiga qarshi (2:1) yaqinda bo'lib o'tgan APL doirasidagi o'yiniga tashrif buyurib, «tulkilar»ning 24 yoshli yarim himoyachisi Yuri Tilemansning imkoniyatlarini o'rganishdi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
OAV xabariga ko'ra, belgiyalik futbolchi uchun Angliyaning «Arsenal» va «Manchester Yunayted» jamoalari ham qiziqish bildirishayotgandi. Shuningdek, unga «Real» ham ko'z tikkan. Ehtimoliy transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.
Yuri Tilemansning «Lester» bilan shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi. Joriy mavsumda futbolchi 39 ta uchrashuvda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
215