«Inter» va «Yuventus»ga amaldagi Evropa chempioni xizmatlari taklif qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Insayder jurnalisti Nikolo Shiraning ta'kidlashicha, «Latsio» himoyachisi Franchesko Acherbi vakillari o'z mijozi xizmatlarini «neradzurrilar» va «byankonerilar»ga taklif qilishgan.
Italiya terma jamoasi bilan 2020 yilgi Evropa chempioni bo'lgan 34 yoshli Acherbi «Yuventus»ga Jorjio Kellinining o'rniga, «Inter»ga esa futbolchi jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi bilan yaxshi munosabatda bo'lgani uchun taklif qilingan.
Biroq, hozirda Acherbi kelasi yoz uchun ikkala jamoa uchun ham ustuvor transfer varianti emasligi xabar qilingan.
Acherbi joriy mavsum A seriyaning 24 o'yinida 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Latsio» bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
246