«Latsio» «Oltin to'p»ga da'vogar bo'lgan futbolchini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, «Latsio» «Chelsi» futbolchisi Jorjinoning atrofidagi holatni kuzatib bormoqda, chunki Mauritsio Sarri Rim klubi rahbariyatidan «Chelsi» yarim himoyachini sotib olishni talab qilmoqda. Futbolchisining klub bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi va yozgi transfer oynasida u «Stemford Brij»ni tark etishi mumkin.
Sarri va Jorjino «Napoli»da birga ishlagan va u erda yaxshi muvaffaqiyatlarga erishgan. Italiyalik murabbiy «Chelsi»ni qabul qilishi bilanoq, u Jorjinoni London klubiga olib kelishini so'radi.
Avvalroq futbolchiga «Milan» ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Bosh sahifaga
247