«Latsio» futbolchisiga La Liganing ikki klubidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Fichajes nashrining xabar berishicha, Rimning «Latsio» klubi rahbariyati yarim himoyachisi Luis Albertoni sotuvga qo'yishga qaror qilgan.
Manbaga ko'ra, «burgutlar» o'z futbolchisini 30 million evroga baholagan. La Liganing bir nechta klublari bir vaqtning o'zida Albertoga ko'z tikishmoqda, xususan «Sevilya» va «Atletiko Madrid».
Joriy mavsumda yarim himoyachi klub safida 28 ta to'qnashuvda qatnashib, 4 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
207