«Arsenal» va «Tottenxem» 70 million evrolik xaridni amalga oshirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Shimoliy Londonning «Arsenal» va «Tottenxem» klublari «Lester» yarim himoyachisi Jeyms Meddisonni qo'lga kiritish uchun kurash olib borishadi, deya xabar beradi The Sun.
«Tulkilar» futbolchini 70 million evroga baholamoqda va yozda bu summani to'lagan klub Jeymsni qo'lga kiritishi mumkin, chunki Meddison jamoadan ketishni xohlaydi.
Shuningdek, klub ham yangi xaridlarni amalga oshirish maqsadida ko'plab futbolchilarini sotmoqchiligi aytilmoqda.

Bosh sahifaga
207