«Real» futbolchisiga APL klubidan jiddiy taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Marko Asensio faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Londonning «Arsenal» klubi ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Defensa Central xabariga ko'ra, «Arsenal» rahbariyati Asensioning sotib olish rejasini kun tartibida birinchi o'ringa qo'ygan. «Kanonirlar» futbolchi uchun kurashda «Milan»ga jiddiy raqobat tug'dirishga harakat qiladi.
Asensio Madrid klubida kam o'yin amaliyoiga ega bo'lmoqda. Ispaniyalik futbolchi «Real»ni tark etish haqida o'ylamoqda. U Evropaning boshqa bir yirik klubida loyihaning markaziy qismi bo'lishga tayyor.

Bosh sahifaga
200