APLning ikki nomdor klubi «Milan» futbolchisi tomon «ovga chiqqan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 878

The Sun nashrining xabar berishicha, «Milan» yarim himoyachisi Frank Kessi yozgi transferlar oynasida APLning nomdor klublaridan biriga ko'chib o'tishi mumkin. Gap shundaki, iqtidorli yarimhimoyachining Italiya klubi bilan shartnomasi yakunlanmoqda va ivuarlik futbolchi bitimni yangilamoqchi emas.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Tottenxem» dan Kessiga qiziqish haqida gap ketgandi, ammo The Sun xabar berishicha, oxirgi ikki klub Frank bilan shartnoma imzolashdan voz kechgan.
Shuningdek, «PSJ» ham Frankga qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchi Premer-ligaga o'tishga qat'iy qaror qilgan.

Bosh sahifaga
242