Ginter APLning top-klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 504
Myunxengladbaxning «Borussiya» klubi futbolchisi Matias Ginter faoliyatini Angliya Premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Todofichajes nashrining xabar berishicha, 27 yoshli himoyachi «Liverpul» qiziqish doirasiga tushib qolgan.
Ta'kidlash joizki, Ginterning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi va transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evroga baholangan.
Avvalroq, Milanning «Inter» va Londonning «Chelsi» klublari Mattiasga qiziqish bildirishgan, biroq bu kelishuv amalga oshmasligi ta'kidlangan.