London klubi "Yuventus" futbolchisiga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

"Vest Xem" klubi "Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkenni bilan muzokaralarga kirishdi. "Football Insider" nashri xabariga ko'ra, "bolg'achilar" 23 yoshli futbolchini sotib olishga jiddiy kirishgan.
London klubi Deklan Rays uchun ehtimoliy o'rinbosar sifatida aynan amerikalik futbolchini ko'rmoqda. Rays uchun "Chelsi" va "MYu" kurashga kirgan.
Makkenni o'tgan yozda Germaniyaning "Shalke 04" klubidan xarid qilingan edi.
Manba: goal.com
Bosh sahifaga
244