«Milan» hujumchisiga to'rtta klub qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170
«Milan» hujumchisi Rafael Leauga «Borussiya Dortmund», «Marsel», «Everton» va «Vulverxempton» kabi to'rtta klub qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Daniele Longoning so'zlariga ko'ra, «rossonerilar» bosh murabbiyi Stefano Pioli portugaliyalik hujumchiga ishonadi va uni boshqa klubga qo'yib yubormoqchi emas.
Manbaning ta'kidlashicha, yozda «Milan» joriy mavsumda o'zini ko'rsatishi kerak bo'lgan Leauni sotishdan bosh tortgan. Portugalning chap qanotda va hujum markazida o'ynash qobiliyati Pioliga juda yoqadi va murabbiyning ishonchi futbolchiga turtki bo'lishi mumkin.