Braziliya chempionati yulduzi Evropa gigantlari e'tiboriga tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 305

Bir nechta Evropa klublari Braziliyaning "Palmeiras" jamoasi futbolchisi Daniloga katta qiziqish bilan qaramoqda. Xabarlarga ko'ra, uchta APL klubi: "MYu", "Uotford" hamda "Vest Xem"lar 20 yoshli futbolchini nishonga olgan.
Shuningdek, Italiya gigantlari: "Yuventus", "Roma" va "Milan"lar ham Danilo uchun kurashga kirishi aytilgan. Futbolchi o'tgan mavsum milliy chempionat bahslarida porlagan va barchani e'tiboriga tushgan edi.
Ta'kidlanishicha, "Palmeiras" futbolchisi uchun 12 millon evro so'raydi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. Danilo 71 ta uchrashuv o'tkazishga ulgurgan bo'lib, 4 ta gol hamda 5 ta assist muullifiga aylangan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
271