"PSJ" darvozaboni qishda "Yuventus"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238

"PSJ" darvozaboni Janluiji Donnarumma "Yuventus"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda. Transfer kelasi yilning yanvar oyida amalga oshishi mumkin.
Donnarumma parijliklar tarkibida haligacha bitta ham o'yin o'tkazmagan. Jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hali italiyalikni birinchi raqamli kiper sifatida ko'rmayapti. "PSJ"ning asosiy darvozaboni - Keylor Navas.
Shu sababli, "keksa sinora" Evropa chempionini yana Italiyaga qaytarish haqida o'ylamoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda Jiji "Milan"dan Parij klubiga erkin agent maqomida ko'chib o'tgan.

Bosh sahifaga
345