"Lester" qishda Evropa chempionini sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228

Angliyaning "Lester" klubi qishki transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "tulkilar" "Sassuolo" etakchisi Domeniko Berardini sotib olmoqchi.
O'tgan mavsumda Domeniko Berardi 30 ta klub uchrashuvida maydonga tushib, 17 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali Berardining narxini 53 million evroga baholanmoqda va futbolchining italiyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Angliya chempionatining boshqa vakili - "Chelsi" ham italiyalik futbolchiga da'vo qilmoqda.

Bosh sahifaga
339