"Borussiya D" etakchisini APL klublariga sotmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242

Dortmundning "Borussiya" klubi yarimhimoyachisi Bellingxemni 2022 yilda sotmoqchi emas. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Bu Dortmund klubi rahbariyatining printsipial pozitsiyasi.
Premer-liganing to'rtta etakchi klubi Bellingxem uchun kurash olib bormoqda. Bular – "Chelsi", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Liverpul". Avvalroq, mersisaydliklar hatto Bellingxemni sotib olish uchun transfer rekordini yangilashga tayyor.
Transfermarkt portali ayni paytda futbolchini 55 million evroga baholamoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan.

Bosh sahifaga
309