So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"PSJ"ning navbatdagi nishoni ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 216
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Parijliklar 22 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Le10Sport nashri.
Manbaga ko'ra, parijliklar Ryudiger "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar olib borayotganini bilishadi. Ular Antonio atrofidagi vaziyatni kuzatmoqdalar, uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi.
Avvalroq, "Chelsi" bosh
murabbiyi Tomas Tuxel o'z vatandoshini saqlab qolish istagi haqida xabar bergan.
Ryudiger 2017 yildan buyon "Chelsi" sharafini himoya qilib keladi va bundan oldin u "Roma" va "Shtutgart"da o'ynagan. 2014 yildan buyon Germaniya terma jamoasiga chaqiriladi. O'tgan mavsumda Antonio APLning 19 o'yinida maydonga tushib, bitta gol urgan.
"Chelsi" bilan Ryudiger Angliya kubogi, Evropa ligasi va Chempionlar ligasi, shuningdek, UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.