«Latsio» «Liverpul» futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2554

Yozgi transferlar vaqtida «Liverpul»ning chap qanot himoyachisi Alberto Moreno Rimning «Latsio» klubi a'zosiga aylanadi, deb yozadi The Independent.
Mersisaydliklar zaxirasida qolib ketayotgan futbolchi jamoadan ketishga qaror qilgan. «Latsio» ham futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun harakatlarni boshlab yubordi.
Ma'lumot uchun, «Liverpul» 26 yoshli ispaniyalikni 18 mln evro evaziga 2014-yil «Sevilya»dan sotib olgandi.
Joriy mavsumda Moreno «qizillar» safida bor-yo'g'i 5 ta o'yinda(atigi 2 tasi APLda) ishtirok etdi.

Bosh sahifaga
155