Riberi A Seriya debyutantiga o'tyapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236

Erkin agent bo'lgan 38 yoshli frantsuz yarim himoyachisi Frank Riberi yaqin kunlarda Italiya chempionati debyutanti «Salernitana»ga o'tishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Alfredo Pedulla o'z saytida xabar berdi.
«Salernitana» va Riberi uzoq muzokaralaridan so'ng, kelishib olishdi. Italiya klubi futbolchiga 1,5 million evro maosh bilan 1 yillik shartnoma taklif qildi.

Bosh sahifaga
290