Rasman: Pyanich «Beshiktosh»ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223

Turkiyaning "Beshiktosh" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanichni ijaraga oldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, turkiyaliklar 31 yoshli futbolchiga 2,75 million evro maosh to'lashadi. Maoshning qolgan qismini esa "Barsa" o'z zimmasiga oladi. Pyanichning "ko'k-anorranglilar"dagi yillik maoshi taxminan 15 million evroga teng.
"Beshiktosh" ijara uchun "Barselona"ga pul to'lamaydi.

Bosh sahifaga
231