Yozgi transfer oynasida eng ko'p mablag' sarflagan klublar nomi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 249

Angliya Premer-ligasining uchta klubi yozgi transfer oynasida sarflagan mablag'lari bo'yicha reytingda dastlabki 3 o'rinni egalladi. Bular “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” klublari.
“Arsenal” joriy transfer oynasida 165,6 million evro xarajat qilgan.
“Manchester Yunayted” Jeydon Sancho, Rafael Varan, Krishtianu Ronaldu va Tom Xiton uchun jami 140 million evro sarfladi.
“Chelsi” esa 120 million evro. Shundan 115 million evroga “Inter”dan Romelu Lukaku olib kelindi, yana 5 millionga esa “Atletiko“dan Saul Niges ijaraga olindi.

Bosh sahifaga
259