«Yuventus» Ronalduga omad tiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214

Turinning «Yuventus» klubi Ronalduni «MYu»ga o'tganini tasdiqladi. Klub futbolchiga eng yaxshi tilaklarni istab xat yozdi. Unda shunday jumlalar keltiriladi:
«2018 yilning 10 iyulida Evropa va dunyo futbolining ikkita afsonasi birlashdi. Krishtianu Ronaldu «Yuventus» futbolchisiga aylandi. Uch yildan keyin esa u bilan yaratilgan tarix o'z nihoyasiga etdi. CR7 va «Yuve» ayrilishdi. Bu davr mobaynida u 133 ta uchrashuvda 101 ta gol urib, 5 ta sovrin qo'lga kiritdi... Bu ajoyib edi. Yozilgan tarix yozilganidek qoladi. Bu esda qolarli sarguzasht bo'ldi».
Avvalroq Ronaldu «MYu»da tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgani haqida xabar qilingan edi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
279