Sobiq «Liverpul» futbolchisi yana APLga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 267

APL vakili «Norvich Siti» klubi transferlar oynasi yopilishidan oldin yangi himoyachi xarid qilishni istamoqda. Daniel Farke shogirdlari uchta tur o'ynab, o'nta gol o'tkazib yubordi va bu eng yomon natija sanaladi.
«Kanareykalar» Germaniya klubi «Shalke»dan O'zan Kabak transferini amalga oshirishga intilmoqda. Xabarlarga ko'ra, Kabak «Norvich» bilan tez orada shartnomaga imzo chekadi. Bitim 15 million funt atrofida bo'lishi aytilgan.
Shuningdek, «Shalke» futbolchining kelajakdagi transferidan 15 foiz foyda ko'radi. Avvalroq «Norvich» «Rostov»dan Normann transferini e'lon qilgan edi.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
209